Saturday, May 30, 2009

O'zbek madaniyatining kiyimi

O'zbek madaniyatining kiyimi

Tuesday, May 26, 2009

O'zbekistonning qadimgi madanyati

Vatanimiz tarixi haqiqatdan ham juda ko'hna hisoblanadi. O'zbek xalqining uzoq davrlarga borib taqaladigan tarixi silsilasida qo'lga kiritilgan yutuqlari orasida uning xalq, millat bo'lib shakillanishida "Madaniyat va San'at"ning o'rni va roli benihoya ulkan bo'ldi. Uzoq davom etgan ibtidoiy jamoa tuzimi insonoyat taraqqiyotida dastlabki bosqich bo'lib, ayni shu paytda odamlar jamoa-jamoa bo'lib yashashga, inson ongida kuch qudrat birlikda ekanligini xis etish tarkib topa boshladi. Ana shunday murakkab, yashash uchun kurash avj olgan bir paytda madaniyat ravnaqi uchun zarur shart - sharoitlar va zamin yaratila boshlandi.

O'zbek milliy madaniyati

O'zbek milliy madaniyati bu avvalo salom berishdan boshlanadi. Yoshi kichiklar yoshi kattalarga salom berishi o'zbek milliy madaniyatining bir ko'rinishidir.

Tuesday, May 19, 2009

Madaniyat tushunchasi va uning mazmun mohiyati

"Falsafa" qomusiy lug'ati bo'yicha "Madanyat"so'zi (arabcha- madinalik, yaniy shaharlik ta'lim-tarbiya ko'rganlik) degan ma'nolarni anglatadi va tabiat hamda o'zaro muosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga hos usuli ekanligini takidlanadi. Madaniyat alohida individning hayot faoliyati (shahsiy madaniyat)ni hamda ijtimoiy guruhning yoki jamiyatning hayot faoliyati usulini aks ettiradi.
Dastlabki madaniyat tishunchasi insonning tabiatiga maqsadiga muvofiq ta'siri (yerni ishlash va hakozolar) hamda insonninhg o'zini tarbiyalash va o'qitish ma]nolarini ifodalagan. keyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog'lik mazmun tushinila boshlandi.
Madaniyat mohiyatiga ko'ra moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Kishilik tarixining uzoq davrlarida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka, alohidan umumiylikka ega, o'ziga hos uzluksiz jarayon hisoblanadi. takidlash joizki madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir - birini yo'ldirib borgan.
Ibtidoiy davrda insoniyat tomonidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollari bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o'rtasida o'ziga xos bog'liqlik mavjud. Chunki birinchidan agar ibtidoyi tosh qurollari mavjud bo'lmaganda edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo'lardi. Ikkinchidan ibtidoyi qurollarning, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir hil.