Tuesday, May 26, 2009

O'zbekistonning qadimgi madanyati

Vatanimiz tarixi haqiqatdan ham juda ko'hna hisoblanadi. O'zbek xalqining uzoq davrlarga borib taqaladigan tarixi silsilasida qo'lga kiritilgan yutuqlari orasida uning xalq, millat bo'lib shakillanishida "Madaniyat va San'at"ning o'rni va roli benihoya ulkan bo'ldi. Uzoq davom etgan ibtidoiy jamoa tuzimi insonoyat taraqqiyotida dastlabki bosqich bo'lib, ayni shu paytda odamlar jamoa-jamoa bo'lib yashashga, inson ongida kuch qudrat birlikda ekanligini xis etish tarkib topa boshladi. Ana shunday murakkab, yashash uchun kurash avj olgan bir paytda madaniyat ravnaqi uchun zarur shart - sharoitlar va zamin yaratila boshlandi.

3 comments:

  1. DAVOMI:
    Madaniyat tarixining eng qadimgi davrini o'rganish anchagina murrakab. Bunda ko'proq arxeologiya fani, uning yutuqlariga murojat qilsak maqsadga muvofiq bo'lardi, zero tarix va arxeologiya aslida chambarchas bog'liq bo'lib, bir birini doimo to'ldirib boruvchi fanning ikki muhim sohasidir

    ReplyDelete
  2. MADANIYAR MASALALARINI YORIYISHDA
    MUHIM MANBALAR
    Madaniyat masalalarini yoritishda qo'l keladigan eng muhim manbalar ikkita bo'lib: Bu manbalarning birinchisi arxeologiya bo'lib, uning omillari boshqa manbalarga qaraganda juda qadimiy va ularning paydo bo'lishi 2,5-3 million yilga borib taqaladi. Insoniyat tarixi, uning madaniyatini o'rganishning ikkinchi manbayi yozuv bo'lib, uning uning paydo bo'lishi miloddan avvalgi IV - III ming yilliklarga borib yetadi. Boshqacha aytganda, eramizning hozir biz yashab turgan ikki ming yilini ham qo'shsak,unda bugungi mamlakatimizda yashayotgan avlodning ota-bobolari olti ming yillik tarixga madaniyatga ega ega ekanliklarini anglab olishimiz mumkin.

    ReplyDelete
  3. DAVOMI:
    Biroq bizning tasavvurimizdagi ushbu bir necha yillik, insoniyat tarixining paydo bo’lishiga nisbatan nihoyatda kichik davrdir. Biz kishilik jamiyati butun tarixini ramziy ma’noda 24 soat deb faraz kilsak shunan 23 soatu 56 daqiqasi ibtidoiy – yozma manbalarsiz qolgan davrga 4 daqiqasi yozma manbalar tarixi davriga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham tarix , jumladan madaniyat tarixini arxeologoya fanisiz o’rganish mushkul. Mazkur fan yutuqlari tufayli topilgan mehnat va ov qurollari tufayli, uy anjom va bezak buyumlari , odamlar yashgan manzil qoldiqlari kabi ashyoviy dalillar ibtidoyi jamoa kishisini nafosat va diniy qarashlarini bilishga , ular madanyati haqida tasavvur qilishga yordam beradi. Boshqacha aytadigan bo’lsak odamlar va hayvonlar jasadining qoldiqlari, g’or va yerto’la devorlariga chizilgan surat va turli tasvirlar uzoq vaqtlar tuproq ostida qolib ketgan moddiy yodgorliklar ibtidoiy jamoa davri tarixini o’rganishning muhim manbayi hisoblanadi va shu nuqtayi nazardan ham ularsiz o’tmish madaniyatini o’rganish ancha murakkab kechadi

    ReplyDelete