Thursday, June 25, 2009

TIL DIL KO'ZGUSI

Muomala - axborot jarayoni. Muomala jarayonida so`zlovchi va tinglovchi o`rtasida ikki tomonlama axborot uzatish va qabul qilish xolati yuz beradi.
Insonning kishilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u muomalada bo`lgan shaxslarning xatti - xarakatlarini o`rganadi, xulosalar chiqaradi, turli maslaxatlar berish bilan birga ularning xulq - atvorlari xaqida xam ayrim ma`lumotlarga ega bo`ladi.
Muomala o`zaro munosabatlar doirasida sodir bo`ladi. Boshqarish vositasi bo`lgan muomala kishilarning faoliyatiga xamroxlik qiladi. Nixoyat, boshqarish vositasi bo`lgan muomala faoliyatdan keyin boradi.
Muomala madaniyati xamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda va xokazo. Shuning uchun xam biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz kerak.
Insonning qanchalik aql-zakovatli ekanligi muomala orqali namoyon bo`ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir - biriga so`z yordamidayetkazadi, amalga oshiradi. Shu tufayli so`zlashuv munosabatlari nixoyatda go`zal va muloyim bo`lishini xayot taqozo etadi. So`zga boy shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi xam yurishgan bo`ladi. Bundaylarni odamlar yoqtiradi, xurmat qiladi, e`zozlaydi. O`zaro muomala - munosabatda so`zlashuv katta axamiyatga ega bo`lib, uni me`yorigayetkazib so`zlashish o`ziga xos san`atdir. Bu san`atni mukammal o`rganish, so`zlash odoblariga o`z vaqtida rioya qilish, allomalarimiz merosidan doimiy ravishda xabardor bo`lishni taqozo etadi. Kishida so`z boyligi so`zlash odobi qancha yuqori bo`lsa, uning jamiyatdagi o`rni shuncha yuksak bo`ladi, o`ziga xos mavqega ega bo`ladi.
Demak, so`z san`atini mukammal o`rganish - davr talabi va xayot taqozosi, ya`ni xar bir inson uchun zarurdir. Shu bilan birga ona tilini mukammal o`rganmoq, xalqimizning boy intellektual merosidan xabardor bo`lmoq xar bir insonning muqaddas burchidir.
Tilni bilgach, uni ishlata bilish san`atini egallamoq inson uchun zarurdir.
Shirinso`zlik va go`zal nutq xech qachon o`zidan o`zi paydo bo`lmaydi. Bunga erishmoq uchun tinimsiz mexnat qilib, ona tilimizni chuqur bilishga asos bo`ladigan, o`tmish merosimizni o`rganish, bugungi til yangiliklaridan xabardor bo`lish bilan birga chiroyli va go`zal nutq so`zlashni xam mashq qilib borishi lozim. Tinimsiz adabiy kitoblarni o`qib borish kerak. Muomala insonning kimligini ko`rsatuvchi omildir.
Muomala madaniyatini mukammal o`rganish, nafaqat so`zlovchining xotirini shod qiladi, balki tinglovchining xam ko`nglini va kayfiyatini obod qiladi.
"Muomila madaniyati - so`z boyligi, nutq ravonligi"
kitobidan olingan

No comments:

Post a Comment