Tuesday, July 7, 2009
Karvon
Sulton ololmadim, Muhammad otam,
Turkmanning gul qizi, Oychechak onam.
O'n ikkinchi asr boshi, zamonam,
El palvonim toshpon Jaloliddinman.
Shoxning o'g'li Sulton Jaloliddinman,
El palvoni pospon Jaloliddinman.
Shoxning o'g'li Sulton Jaloliddinman,
El palvoni pospon Jaloliddinman.
Bolalimda notinch bo'ldi zamona,
Qilichim ko'tardim Chingiz dushmana.
To'rt ming jangchi bilan kirib maydona,
Qirq ming dushman yiqqan Jaloliddinman.
El yurtimg'a paspon Jaloliddinman.
To'rt ming jangchi bilan kirib maydona,
Qirq ming dushman yiqqan Jaloliddinman.
Hind daryosi yonda qoldim qamalda,
To'qson ming dushmana to'kdim amalda.
Oilamdan yomg'ir cho'kkan mahalda,
Yurak bag'ri vayron Jaloliddinman.
Sahil sulton giryon Jaloliddinman.
Yurak bag'ri vayron Jaloliddinman.
Sahil sulton giryon Jaloliddinman.
O'g'il-qizim ruhim aylasalar shod,
Nurlikda yashasin el bo'lsin obod.
Shaxiyobod erkin saqla umrimiz,
Qonimda oqar qoni Jaloliddinman,
Vatanim posponi Jaloliddinman.
Qonimda oqar qoni Jaloliddinman,
Vatanim posponi Jaloliddinman. {3}
Milliy qo'shiqchiligi
O'zbek xalqi o'z musiqasi bilan mashhurdir. Qoshiq – she'riy matnning dir yoki ikki baytni qamrab oluvchi katta bo'lmagan kuy bilan tuzilgan kuplet ashulasidir. Shu jumladan, qo'shiq turlari bilan bir qatorda kupletli tuzilgan ashulalar bo'lgan "lapar" hamda "yalla" sana'ti mavjud. Maskur kuyning raqsga tushuvchi sana'tining janri xazil raqsni ijro etishda ko'zda tutilgan. Lapar – bu ashula so'zlashuvidir. Xorazmda ashulalarni-yakka tartibga ijro etuvchi ijrochilar deb ataladi. Ayrim tumanlarda "lapar" atamasi to'y bazmlarda "Ulan" qo'shig'i (ayollar va erkaklar so'zlashuvi sifatida ijro etiladi) qo'llaniladi. "Yalla" janri ikki turli ashulalardan iborat: qisqa diapazonli kuyi, qo'shiq esa – raqs bilan bir vaqtda yakka tartibda ijro etish.
Qo'shiqlarning she'riy matnlar Sharq shoirlarining xalq va kasbiy she'riyatlari qo'llaniladi. Ashulalarning yanada rivojlangan namunalari mohiyati bo'yicha og'zaki urf-odatlarning professional musiqasi hisoblanadi. O'zbek musiqiy meroslaridagi asosiy joyini-badiiy nutq tarzida hikoya rivoyatlarni ifodali etuvchi-doston asari egallaydi.
Raqslar O'zbekistonnig turli hududlarida bir-biridan farq qiladi. Farg'ona raqsi o'zgacha mayinligi, xarakatlarning ravonligi va ifodaliligi, siljish qadamlarining engilligi, joylarda va aylanishlarda o'zga xos xarakatlari bilan ajralib turadi. Xorazm va Buxoro viloyatlarda qayroqlar bilan raqsga tushiladi.Madaniyat
O'zbekiston madaniyati Sharqning eng yorqin va o'ziga xos madaniyatidan biridir. Bu-beqiyos xalq ijodiyoti, raqsi va rassonchilik, betakror milliy oshxona va kiyimkechagidir.
O'zbek xalq ijodiyotining san'ati ko'pqirrali tematika va xilma xil janri bilan tafsiflaydi. O'z vazifalari va shakllariga muvofiq ashula va cholg'u asbob kuylari ikki quruhdan iborat: belgilangan vaqt va vaziyatlarda ijro etuvchi va har qanday vaqtda ijro etuvchi. Birinchi guruhga urf-odat, mehnat jarayoni, turli marosimlar, sahnalashtirilgan tomosha namoyishlar va o'yinlarga tegishli bo'lgan ashulalar kiradi.
Thursday, June 25, 2009
TIL DIL KO'ZGUSI
Insonning kishilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u muomalada bo`lgan shaxslarning xatti - xarakatlarini o`rganadi, xulosalar chiqaradi, turli maslaxatlar berish bilan birga ularning xulq - atvorlari xaqida xam ayrim ma`lumotlarga ega bo`ladi.
Muomala o`zaro munosabatlar doirasida sodir bo`ladi. Boshqarish vositasi bo`lgan muomala kishilarning faoliyatiga xamroxlik qiladi. Nixoyat, boshqarish vositasi bo`lgan muomala faoliyatdan keyin boradi.
Muomala madaniyati xamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda va xokazo. Shuning uchun xam biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz kerak.
Insonning qanchalik aql-zakovatli ekanligi muomala orqali namoyon bo`ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir - biriga so`z yordamidayetkazadi, amalga oshiradi. Shu tufayli so`zlashuv munosabatlari nixoyatda go`zal va muloyim bo`lishini xayot taqozo etadi. So`zga boy shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi xam yurishgan bo`ladi. Bundaylarni odamlar yoqtiradi, xurmat qiladi, e`zozlaydi. O`zaro muomala - munosabatda so`zlashuv katta axamiyatga ega bo`lib, uni me`yorigayetkazib so`zlashish o`ziga xos san`atdir. Bu san`atni mukammal o`rganish, so`zlash odoblariga o`z vaqtida rioya qilish, allomalarimiz merosidan doimiy ravishda xabardor bo`lishni taqozo etadi. Kishida so`z boyligi so`zlash odobi qancha yuqori bo`lsa, uning jamiyatdagi o`rni shuncha yuksak bo`ladi, o`ziga xos mavqega ega bo`ladi.
Demak, so`z san`atini mukammal o`rganish - davr talabi va xayot taqozosi, ya`ni xar bir inson uchun zarurdir. Shu bilan birga ona tilini mukammal o`rganmoq, xalqimizning boy intellektual merosidan xabardor bo`lmoq xar bir insonning muqaddas burchidir.
Tilni bilgach, uni ishlata bilish san`atini egallamoq inson uchun zarurdir.
Shirinso`zlik va go`zal nutq xech qachon o`zidan o`zi paydo bo`lmaydi. Bunga erishmoq uchun tinimsiz mexnat qilib, ona tilimizni chuqur bilishga asos bo`ladigan, o`tmish merosimizni o`rganish, bugungi til yangiliklaridan xabardor bo`lish bilan birga chiroyli va go`zal nutq so`zlashni xam mashq qilib borishi lozim. Tinimsiz adabiy kitoblarni o`qib borish kerak. Muomala insonning kimligini ko`rsatuvchi omildir.
Muomala madaniyatini mukammal o`rganish, nafaqat so`zlovchining xotirini shod qiladi, balki tinglovchining xam ko`nglini va kayfiyatini obod qiladi.
kitobidan olingan
Monday, June 22, 2009
Mahalla - Vatan ichra Vatan
Xursandchilik kunlari ham , boshqa ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo’lish xalqimizning muhim xususiyati sanaladi . Mahalla esa insonlar orsidagi bunday birlik va hamjihat-
likning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi .
Mahalla shunday bir muqaddas dargohki , unda insonlar bir-biri bilan opa-singil , quda-anda , do’st-birodar , quvonchu g’amlariga sherik , farzand tarbiyasida ahli mas’ul , yutuqlar ham , kamchiliklar ham mahalla ahliga baravar bo’lib tushadi . Shuning uchun ham xalqimizda “ Otang – mahalla , onang – mahalla ” degan naql bejiz aytilmagan .
Yurtboshimiz Islom Karimovning mahalla haqidagi fikrlari , ayniqsa diqqatga sazovar :
“ Ma’lumki , asrlar mobaynida mahallalarda ko’pdan – ko’p hayotiy muammolar o’z echimini topib keladi . To’y – ma’ralar ham , hayiti hasharlar ham mahalla ahlisiz o’tmaydi . Mahallalarda siyosiy , iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi . Bu esa xalqimizning turmush tarsi , ota – bobolarimizdan bizga meros bo’lib kelayotgan tafakkur tarzidir . Binobarin , hayotning o’zi mahal-lalarni rivojlantirish va ularni qo’llab – quvvatlashni taqazo etmoqda . Mamlakatimizda ko’p qirrali islohotlar amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo’lib xizmat qilishi lozim .”
Darhaqiqat , mahalla o’zbeklarning tarixan shakllangan , yagona maqsad bilan yashab , faoliyat ko’rsatuvchi , xalqning turmush tarsi , ruhiyati , ijtimoiy hayotining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi , milliy an’analri , urf –odatlari , axloqiy –ma’naviy qadriyatlarini avloddan –avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo’lib kelgan.
