Sunday, September 6, 2009

O'zbek milliy qatlamasi

O'zbek milliy qatlamasi qatlamasini tayyorlash uchun kerakli masalliqlar.
1.Suv
2.Un
3.Margarin
4.Qatlamani pishirish uchun yog'
Qatlamani tayyorlash

Tayyorlanishi

Birinchi navbatda idishchaga suv solib ozgina tuzini rostlaymiz, keyin urtacha yumshoqlikda xamir qoramiz va xamirni zuvalacha qilib 30 min tindirib qo’yamiz. Tingan xamirni yupqa qilib yoyamiz qancha yupqa qilib yoyilsa shuncha yahshi.
Yupqa qilib yoyilgandan keyin eritilgan margarinni bir tekis qilib surtib chiqamiz.
Keyin yog’ surtilgan hamirni qatlab chiqamiz.Qatlangan hamirni kulcha shaklida o’rab chiqamiz.Keyin kulcha shaklida o'ralgan hamirni non shaklida yasaymiz.Pishirish uchun qozonga yog’ni solib qizdiramiz, va qatlamani qizib turgan yog’ga solamiz. Qizarguncha pishirishda davom etamiz. Pishgan qatlamani yog'dan olib ustiga issiqligida shakar sepib chiqamiz.Qatlama tayyor.Yoqimli ishtaha.